PlayStation va kompyuter klublari uchun

O'yin klubingiz hisob-kitobi bitta tizimda

Kabinkalar vaqti, bar va ombor, ishchilar smenasi va kunlik foyda — hammasi avtomatik hisoblanadi. Klubni kompyuter yoki telefondan nazorat qiling.

  • Karta talab qilinmaydi
  • Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda
  • Har kuni zaxira nusxa

Klubni boshqarish uchun kerakli hamma narsa

Daftar va Excel'siz: har bir daqiqa, har bir tovar va har bir so'm hisobda.

Kabinkalar va vaqt

Minutlik hisob va tariflar. Kabinka yopilganda summa o'zi hisoblanadi, uzoq ochiq qolsa ogohlantiradi.

Bar, ombor va shtrix-kod

Tovarni skaner bilan qo'shing va soting. Qoldiq avtomatik kamayadi, tugab qolsa bloklanadi va oldindan ogohlantiradi.

Ishchilar va smenalar

Ishchi faqat kabinka va sotuv bilan ishlaydi. Smena yopilganda naqd, plastik va chiqimlar hisoboti tayyor.

Hisobotlar

Kunlik tushum, bar foydasi, eng ko'p sotilgan tovarlar va kabinkalar bandligi — sana bo'yicha.

Bir nechta klub

Bir akkauntdan bir nechta klubni boshqaring va har birining hisobotini alohida ko'ring.

Ishonchli saqlash

Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda, har kuni zaxira nusxa olinadi. Hech narsa o'chirilmaydi — arxivlanadi.

Qanday boshlanadi

Bir kunda ishga tushirish mumkin.

Ariza qoldiring

Pastdagi formani to'ldiring, biz siz bilan bog'lanamiz.

14 kun bepul sinang

Akkaunt ochamiz, kabinkalar va tovarlarni kiritishni ko'rsatamiz.

Tarifni tanlang

Sizga mos tarifni tanlaysiz — kiritilgan ma'lumotlar saqlanib qoladi.

Tariflar

Barcha tariflarda hamma imkoniyatlar bor, farqi faqat kabinkalar sonida.

Start

199 000 so'm / oy
  • 5 tagacha kabinka
  • Bar, ombor va shtrix-kod
  • Ishchilar va smenalar
  • Hisobotlar
  • Kunlik zaxira nusxa
Bepul sinab ko'rish

Pro

599 000 so'm / oy
  • Cheksiz kabinka
  • Bar, ombor va shtrix-kod
  • Ishchilar va smenalar
  • Hisobotlar
  • Kunlik zaxira nusxa
Bepul sinab ko'rish

Birinchi 14 kun bepul. To'lov muddati tugagach, tizim yana 3 kun ishlaydi.

Ko'p so'raladigan savollar

Qanday qurilma kerak?

Internetga ulangan kompyuter, planshet yoki telefon yetarli — tizim brauzerda ishlaydi. Shtrix-kod skaneri ixtiyoriy, oddiy USB skaner mos keladi.

Internet o'chib qolsa nima bo'ladi?

Tizim onlayn ishlaydi, shuning uchun ishlash uchun internet kerak. Kiritilgan barcha ma'lumotlar serverda saqlanib turadi.

Ishchilar tushumni ko'ra oladimi?

Yo'q. Ishchi faqat kabinkalar va sotuv bilan ishlaydi, umumiy statistikani ko'rmaydi. Smena yopilganda faqat o'z smenasi hisobotini ko'radi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverda saqlanadi va har kuni zaxira nusxasi olinadi. Har bir klub faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi.

Sinov muddati tugasa nima bo'ladi?

Tarifni tanlab to'lov qilasiz va ishlashda davom etasiz. Kiritgan kabinkalar, tovarlar va hisobotlar saqlanib qoladi.

Bepul sinab ko'ring

Ariza qoldiring — akkauntni 14 kun bepul ochib beramiz va ishga tushirishda yordam beramiz.

Telefon raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.